Bundan oldin Formula-1 poygalarida Ferrari jamoasini boşqargan Stefano Domenikali Lamborghini kompaniyasining rahbari etib tayinlandi. 50 yoşli mutaxassis, kompaniyada 14 yil xizmat qilgan Stefana Vinkelmanning örnini egalladi.
Domenikali 2007 yilda Jad Todtani örniga “Ferrari” formula jamoasining sport direktori etib tayinlandi. Uning boşçiligida komanda 2008 yilda Konstruktor Kubogining ğolibi bölişdi.
Ferrari`da sal kam 7 yil işlagan italiyalik mutaxassis, 2014 yilning aprel oyida jamoaning omadsiz çiqişlari tufayli ularni tark etdi. Keyin Domenikali Audi firmasining Italiyadagi bölimiga rahbar etib tayinlandi.
Stefan Vinkelmanni esa Audi Quattro GmbH`ning direktori etib tayinlaşdi. Nemislar Vinkelman Audi`ning bozordagi "issiq avtomobillar"ning pozitsiyasini yaxşilaydi va Mercedes-Benz va BMW savdo natijalariga yaqinlaştiradi deb umid qilişmoqda.
2015 yilda Quattro avtomobillarining savdosi 13 foizga oşgan bölib, 17 ming maşinaga yetgan. Bunga qaramasdan, Mercedes-AMG hamda BMW M mos ravişda 68,8 va 62,4 ming avtomobil sotişga muvaffaq bölgan.







