Şu kunlarda Mars kompaniyasi mahsulotlaridan topilgan begona jism (plastik bölak) bilan boğliq xabar butun dunyo böylab yaşin tezligida tarqadi.

Mazkur voqea sababli Mars kompaniyasi konditerlik mahsulotlaridan ma'lum bir miqdorining xorijga çiqişini töxtatib qöygan. Kompaniya bu haqida bergan rasmiy axborotida bir neça davlatlar, şu jumladan, Özbekistonga ham xavfli şokoladlar jönatilmaganini ma'lum qildi.

"Garçi bunday kamçilik bilan boğliq faqat bir holat qayd etilgan bölsada, Niderlandiyadagi zavodda çiqarilgan mahsulotlar ortga qaytariladi. Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Möğuliston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekistonga bu zavod mahsulotlari yetkazib berilmagan", deyiladi kompaniya xabarida.

Şuningdek, xabarda Ukrainaga yuborilgan Snickers batonçiklarining ayrim partiyalari qaytarib olinişi haqida ham yozilgan.

Kompaniya mahsulotidan plastik bölagi topilgaç, Mars, Snickers, Milky Way va Celebrations kabi şirinliklar muhokamalar mavzusiga aylandi. Murojaatlarning haddan ortiq darajada köpayişi tufayli kompaniyaning rasmiy sayti ma'lum muddat işlamay qolgan. Şu sababli işlab çiqaruvçilar maxsus rasmiy çiqiş orqali xaridorlardan uzr söradi.

Latviyada sotuvdan Mars va Snickers şokoladlari qaytarilib olinmoqda

Mars şokoladlar içidan çiqqan plastik tufayli 55 mamlakatdan mahsulotlarini qaytarib olmoqda

Germaniya Mars va Snickers’ni plastik topilganligi tufayli ortga qaytarmoqda