Toşkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotining navbatdagi hisobot-saylov yiğilişi bölib ötdi. Bu hisobot-saylov yiğilişida institut talaba-yoşlaridan saylangan 124 nafar delegat iştirok etdi.
Şuningdek, tadbirga tuman “Kamolot” YoIH Kengaşi raisi Mels Toşev, institut prorerektori Tohir Sultonov, institut ma'naviy-ma'rifiy va iqtidorli yoşlar bilan işlaş bölim boşliği Ikrom Rahimov, institut kasaba uyuşmasi qömitasi raisi Farruh Irisov iştirok etdi.
Hisobot-saylovning kun tartibidagi birinçi masala böyiça Uçqun Alimov institut “Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilotining ötgan 2015 öquv yilda amalga oşirilgan işlar hamda yoşlarning taşabbuskorligi va intiluvçanligini oşiriş borasida amalga oşirilgan işlar töğrisida hisobot berdi.

Kun tartibidagi ikkinçi masala yuzasidan boşlanğiç taşkilotning 2016 yil uçun yangi Kengaş tarkibiga takliflar berilib, delegatlarning ovoz beriş yöli bilan tarkib aniqlab olindi. Delegatlar Kengaş a'zolari tarkibidan Uçqun Alimovni yana bir yil muddatga “Kamolot” YoIH boşlanğiç taşkilot yetakçisi sifatida saylaşdi.

Şundan söng, 2016 yilda amalga oşirilişi zarur bölgan işlar rejasi muhokama qilindi.
Hisobot-saylov yiğilişi söngida 2015 yilda harakat faoliyatida faollik körsatgan yoşlar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.






