5 mart kuni Çeçenistonning Grozniy şahrida özbekistonlik boksçi Ruslan Çagayev (32-2-1, 21 KO), "Axmat" boks klubi vakili sifatida özining WBA Regular çempionlik kamarini avstraliyalik Lukas Braunga ("Katta dada" laqabli) (23-0-0, 20 KO) qarşi jangda himoya qiladi.

Ruslan Çagayev 1,5 yil oldin aynan Grozniyda, 35 ming muxlis bilan tölgan "Axmat-Arena"da Fres Okendoni yenggandi.

Bu boksçilar örtasida revanş ötkazilişi közda tutilgan, ammo puertorikalikning jarohati tufayli bu jang bekor qilingandi. 5 mart kungi jangda Çagayev ğalaba qozonsa yana bir marta Okendoga qarşi ringga kötariladi, ğalaba qozongan boksçi esa WBA Super uçun jang qilişi mumkin böladi.

Lukas Braun öz vaqtida afsonaviy Jyeyms Tonini mağlub etgan, agar Pert şahri vakili bölajak jangda ğalaba qozonsa, superoğir vazn toifasida jahon çempionlik kamarini qölga kiritgan birinçi avstraliyalik boksçiga aylanadi.

Bu jang keçasi Legend Production tomonidan taşkil etiladi. Jang boşlovçisi Aleksandr Zagorskiy böladi.