25 fevral kuni keçasi Iroq poytaxti Bağdod şahrida terrorçi-hudkuşlar tomonidan sodir etilgan navbatdagi teraktlar tufayli kamida 15 kişi halok böldi. Bu haqda Reyter agentligi tibbiyot vakillari va politsiyaga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Birinçi hudkuş özini şialar masjidida portlatib yuborgan. Voqea joyiga jabrlanganlarni qutqariş uçun odamlar yiğilişganida, ikkinçi jangari ikkinçi bombani harakatga keltirgan.
Al-Şula tumanidagi bu portlaşlar tufayli 50 nafardan ortiq kişi jarohatlangani aytilgan.
Hozirça bu terakt uçun javobgarlikni heç qaysi taşkilot öz zimmasiga olmagan.






