Futbol faoliyatidan çetlatilgan FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter FIFA içidagi fitna Mişel Platiniga taşkilotning prezidenti bölişga yöl qöymaslik  uçun uyuştirilgan, deb aytdi.

FIFAning axloq böyiça qömitasi 21 dekabrda Blatter va Platinini futbol faoliyatidan 8 yilga çetlatdi. Şu sababli Platini FIFA prezidenti lavozimi uçun kuraşda iştirok eta olmadi. Platinining çetlatilişiga göyoki uning hisob raqamiga 2 mln şveysar frankining noqonuniy ötkazilgani sabab bölgan. 

"Men komissiyadan yaxşiroq qarorni kutgandim, çunki FIFAda qandaydir fitna bölganini kördim. Birinçidan, Platiniga qarşi, FIFA prezidenti bölişiga yöl qöymaslik uçun, keyin esa menga qarşi. Bu juda açinarli", deb Blatter aytgan sözlarni keltirdi L'Équipe naşri.