Mail.ru Group özining HeadHunter portalini Elbrus Capital boşçiligidagi sarmoyadorlar konsorsiumiga 10 milliard rublga sotib yubordi.
Bitim 2016 yil 25 fevral kuni yakunlandi, xabar beradi RBK.
Mail.Ru Group uşbu HeadHunter biznesiga oxirgi yetti yil davomida egalik qildi. Şu vaqt içida portalning oylik foydalanuvçilari soni 4 milliondan 19 milliongaça oşdi, rezyumelar bazasi 3 milliondan 19,7 millionga, böş iş örinlari bazasi 70 mingdan 300 mingga yetdi.
2015 yili HeadHunter portalining daromadi 3055 million rublni taşkil etdi.
HeadHunter - Rossiyaning iş qidirişga möljallangan yirik portallaridan biri.







