Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Minskdagi kengaytirilgan tartibdagi uçraşuvda Putinni Dmitriy Anatoleviç deb yangliş atab yubordi.

Ma'lum qilinişiça, bu qiziq voqea Belarus prezidenti uçraşuvni oçayotganda yuz berdi. "Hurmatli Dmitriy Anatoleviç", deb öz sözlarini boşladi Lukaşenko Putinga murojaat qilib. Uşbu holat çop etilgan videoda Lukaşenko bu sözlarni aytgandan keyin biroz talmovsirab nega bunday bölganini tuşuntirib berişga uringan.

Biroq Putin Lukaşenkoning gapini bölib, yuz bergan voqeaga hazil bilan javob berdi. "Men tuşuntirib beraman. Axir pullar hammasi u yerdada", deb aytdi Putin byudjyet moliyalaştirişi taqsimlaşi bilan Rossiya hukumati şuğullanişini nazarda tutib hamda Dmitriy Medvedev va Rossiya hukumati a'zolari ötirgan tomonga işora qilib qöydi.

Lukaşenko şundan keyin nutqini davom ettirdi. "Hurmatli Vladimir Vladimiroviç, hurmatli Dmitriy Anatoleviç, hurmatli döstlar", deb öz nutqini boşqatdan boşladi Lukaşenko.

Lukaşenko va Putinning kengaytirilgan tartibdagi uçraşuvi Ittifoqdoş davlatlar oliy kengaşi yiğilişi oldidan bölib ötdi. Undan avval ikki davlat yetakçisi birga-bir uçraşgan.