Germaniyada 130 ming nafar atrofidagi qoçqin ular uçun möljallangan yaşaş joylariga kelmadi. Germaniya rahbariyati qoçqinlarning qayerda ekanligi haqidagi ma'lumotga ega emas.
"Ularning öz yurtlariga qaytişlari, Yevropa Ittifoqdagi boşqa mamlakatlarga ötişgani yoki noqonuniy maqomga ötgani taxminiy sabablardan biri sifatida hisoblanmoqda", – deyiladi Die Linke partiyasining hukumatga qilgan murojatiga yöllangan rasmiy xatida.
Ötgan yili bu mamlakatga 1 milliondan ortiq kişi qoçqin maqomini oliş uçun sörovnoma jönatgan. Germaniyaning 12 mintaqasida yangi yil keçasida ayollarga uyuştirilgan hujumlar migratsion qonunçilikni çeklaş haqidagi qarorni qabul qilişga olib keldi.
14 yanvarda bundestag qonun qabul qildi va unga köra Germaniyadan siyosiy boşpana olmoqçi bölgan muhojirlar "qoçqin pasporti"ni olişlariga töğri keladi. Qoçqin maqomini olmoqçi bölgan da'vogarlar GFRga birinçi murojaatlaridayoq şaxsni tasdiqlovçi hujjat olişadi.
Germaniyada joylaşgan muhojirlar şu yil fevral oyining oxiridan hujjatlarni ola boşlaşadi. Hujjatda ism, tuğilgan yil va joy, fuqarolik, jins, böy, köz rangi, soğliq haqida, ta'lim, mutaxassislik va din haqida ma'lumotlar keltiriladi. Bundan taşqari, hujjatda surat va barmoq izi ham joylaştiriladi. Barça hujjatlardagi ma'lumotlar, markaziy ma'lumotlar bazasiga kiritiladi va ularni har bir manfaatdor taşkilotlar hattoki politsiya ham foydalanişi mumkin.
2016-2017 yillarda qoçqinlarni joylaştiriş, xizmat qiliş va til örganiş böyiça darslar uçun qariyb 50 milliard yevro kerak böladi.







