Internet foydalanuvçilari yana bir marta libos rangini aniqlaşda turli qutblarga ajralişdi.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining bir qismi suratda keltirilgan Adidas sport kamzuli tillarang logotipli qora libos ekanini davo qilişmoqda. Ikkinçi tomon esa bu kiyim oq logotipli kök libos ekanini ta'kidlamoqda. Uçinçi tomonning aytişiça, bu oltinrang logotipli yaşil kamzuldir.

Bu muhokamalar Buzzfeed tomonidan ötkazilgan sörov köpçilik odamlarga libos oq-kök bölib körinayotgani, ba'zilar esa uni töq kulrang yoki yaşil rangda ham körayotgani haqida axborot bergaç, qizğinlaşdi.

Eslatib ötamiz, rosa 1 yil muqaddam, 2015 yilning 26 fevral kuni jahon ahli ba'zilarning köziga oq-tillarang, boşqalarga esa qora-kök bölib körinadigan köylak bilan töqnaş kelgandi. Öşanda bu munozaralarga musiqa va kino olamining taniqli vakillari ham qöşilişgandi.