Nigeriyada bir neçta davlatlarning birgalikdagi operatsiyasi davomida "Boko Harom" terrorçilik guruhining 92 jangarisi yöq qilindi. Bu haqda Kamerun hukumatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Operatsiya davomida jangarilar asirlikda uşlab turgan 850 nafar odam ozod qilindi va guruhning muhim bazalaridan biri yöq qilindi.

Operatsiya 23-24 fevral kunlari Nigeriya-Kamerun çegarasida Kamerun, Nigeriya, Çad, Benin va Niger harbiylari iştirokida ötkazilgan. Operatsiya davomida 2 nafar kamerunlik askar halok bölgan, 5 nafari yaralangan.

Hammasi bölib oxirgi 2 haftada harbiylar terrorçilik guruhi asirligidan deyarli 1900 nafar odamni ozod qilgan, deb ma'lum qildi International Business Times naşri.