Putin telegrammada Infantinoning katta obröga egaligini, u bu obröga xalqaro sport taşkilotlaridagi sermahsul faoliyati evaziga erişganini ta'kidlab ötdi. Rossiya prezidenti Infantino yangi lavozimda FIFAning mavqeini mustahkamlay olişiga işonç bildirdi.
"Aminmanki, professional tajriba, katta ijodiy, taşkiliy salohiyatingiz sizga yangi mas'uliyatli lavozimda yordam beradi, FIFAning dunyodagi mavqeini mustahkamlaşga xizmat qiladi", deyilmoqda telegrammada.
Putin, şuningdek, Moskva taşkilot bilan, jumladan, 2018 yilgi jahon çempionatiga tayyorgarlik köriş masalalari böyiça hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, 26 fevralda Tsyurixda FIFA prezidentiga ovoz beriş jarayonida UYeFA boş kotibi, 45 yoşli Janni Infantino 115 ta ovoz yiqqan holda taşkilotning yangi prezidenti etib saylandi. Infantinoning bu lavozimdagi vakolati 2019 yilgaça davom etadi.






