Ma'lumki, köpçilik muzeylarda eksponatlarni suratga oliş taqiqlangan. Filippin poytaxti Manilada joylaşgan San'at Muzeyida esa bunaqa qoida yöq. Aksinça, muzey xodimlari tomoşabinlarga eksponatlarni suratga tuşirişni, muzey hayotida faol iştirok etişni, xullas, vaqtini yaxşi ötkazişni taklif etişadi. Muzey matbuot kotibi Blit Kambayaning aytişiça, muzeydagi san'at asarlari tomoşabinlarsiz töliq bölmaydi, tomoşabinlar ularni nafaqat közdan keçirişlari, balki ularning bir qismiga aylanişlari, suratlarning içiga kirib ketişlari talab qilinadi.

Muzeydagi rasmlarning öziga xosligi şundaki, ularni ma'lum burçak ostida suratga tuşirganda optik illyuziya hosil böladi. Tomoşabinlar köz oldida goh dengiz tölqinlari mavj uradi, goh örta asr aslzodalari jonlanadi. Sayohatçilar içida bu muzey katta maşhurlikka erişgan.