Odam insofini yöqotsa, qinğirlikning har qanday turini öylab topadi. Köçadagi odamlarni makr bilan aldab, pul topişni öziga odat qilgan toşkentlik ayol huquq-tartibot idoralari tomonidan uşlandi.
“Ogoh” gazetasining yozişiça, muqaddam sudlangan ayol Yaşnobod tumanidagi serqatnov yölda “Lasetti” rusumli taksi avtomaşinasini töxtatadi. Aytgan manzili böyiça kelişib, maşinaga ötiradi. Asalobod dahasida avtomobilni töxtatişni sörab, köp qavatli uylarning birida yaşovçi dugonasinikidan xonadoni kalitini olib çiqiş kerakligini aytadi.
Ammo özining nogironligini bildirib, buni taksiçidan iltimos qiladi. Yolğonlarga “laqqa” tuşgan haydovçi u aytgan uyga çiqib ketadi. Rejasi amalga oşgan makkora ayol esa avtomobildagi ikki yarim million sömni öğirlab, juftakni rostlaydi.
Aniqlanişiça, jinoyatçi bir neça bor odamlarning pulini şu usul bilan öğirlab ketgan. Biroq “Köza kunida sinar” deganlaridek, navbatdagi haydovçining 1 million söm pulini ömarayotganda qölga tuşgan va tegişli jazoga tortilgan.






