Hammaga ma'lumki, Alibabaning asosçisi Jek Ma Xitoydagi eng badavlat inson. Uning elektron tijoratga asoslangan kompaniyasi Alibaba kuniga 100 million xaridorni öziga jalb etadi. Maning boyligi 20,4 milliard AQŞ dollari qiymatida baholangan.
Biroq şuni alohida ta'kidlaş joizki, Xitoydagi eng badavlat odam darajasiga yetguniga qadar u köplab rad etişlarga uçragan.
Özining jurnalist Çarli Rouzga bergan sönggi intervyusida biznesmen kollejga kiriş imtihonidan uç marotaba yiqilganligini ma'lum qilgan.
Kollejni tamomlagaç, Ma 30 ta turli xil işga hujjatlar topşirib, rad javobini olgan.
“Politsiyaga işga borganimda, “töğri kelmaysiz, deb aytişdi” – deydi Ma Rouzga. “KFC – (qovurilgan jöjalar)” şahrimizda tayyorlana boşlaganida ham u yerga işga kirişga harakat qilib kördim. Yigirma tört kişi suhbatga bordik. Ulardan yigirma uçtasi işga olindi. Men esa işga qabul qilinmagan yagona nomzod edim...”
1998 yilda Alibaba taşkil etilganida ham Ma qiyinçiliklarga duç keldi.
Brend dastlabki uç yil davomida foyda keltirmadi, bu esa Mani ijodkorona yöl tutişga undadi. Kompaniyaning eng katta muammolaridan biri şu ediki, tölovlarni amalga oşirişning heç qanday yöli mavjud emasdi, heç bir bank u bilan işlaşni istamasdi.
Ma özining şaxsiy tölovlar dasturi Alipayni yölga qöyişga qaror qildi. Dastur xalqaro sotuvçi va xaridorlar örtasida turli pul birliklarida tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
– Öşa vaqtda köplab odamlar bu dunyodagi eng ahmoqona ğoya ekanligini aytişgan, – deydi Ma. – Meni esa bu havotirga solmadi, insonlarga foyda keltirar ekan, bu ahmoqona ğoya emasligini bilardim.
Bugungi kunda 800 million kişi Alipaydan foydalinb kelmoqda.
Bu maqolani öqigaç, şunday xulosaga kelişimiz mumkinki, biror-bir işni amalga oşirişda insonlarning u yoki bu fikrlaridan qörqmaslik lozim. Har bir muammo sizni yanada mohirona yöl tutişga undaydi. Mana şunday qiyinçiliklarga qaramay yölida davom eta olganlargina muvaffaqiyatga erişadi.






