Rossiya bozorida faoliyat yuritayotgan Ravon kompaniyasi R2 xetçbeki (Özbekistondagi Chevrolet Spark)ning narxlari e'lon qilindi. Avtodilerlar Rossiya bozorida avtomat uzatiş qutili eng arzon avtomobil hisoblanadigan Ravon R2 uçun 10 mart kunidan boşlab buyurtmalar qabul qilişi kutilmoqda.
Avtomobilning 1,25 litr siğimli tört silindrli dvigatelga ega, agregatning uzatiş tizimi 85 ot kuçiga teng minimal komplektatsiyadagi Comfort AT versiyasi bahosi 369 ming rubl (taxminan 4920 dollar)dan boşlanadi.
Optimum AT versiyasida törtta xavfsizlik yostiqçasi bor. Eşiklarni qulflaş tugmasi, passiv signalizatsiyaga ega. Asboblar paneli kumuş rangida. Bort kompyuteri, konditsioneri bor, yon közgulari isitiladi, old oynasida quyoşdan himoya uçun qoraytirilgan tasma bor. Radiator panjarasi xromlangan, yon közgular elektrda rostlanadi, 14 dyuymli pölat disklari bor. Şuningdek, eşiklar tutqiçi va yon közgu kuzov rangida. Bunday maşina narxi 439 ming rubldan (5850 dollar atrofida) boşlanadi.
Eng sara komplektatsiya bölmiş Elegant’da oldingi versiyalarga qöşimça oltita xavfsizlik yostiqçasi bor (Optimumda törtta xavfsizlik yostiqçasi). Old örindiqlar isitilişi, 6ta kolonkasidagi audiotayyorgarlik, tört eşigining oynakötargiçlari elektrlaşgani, audiotizimning boşqaruv pulti ruldaligi uning afzallik jihatlaridir. Elegant turdagi maşina uçun 469 ming rubl (6250 dollar atrofida) va undan yuqori narx belgilangan.






