Maşhur messenjerlardan biri bölgan Telegram’da navbatdagi katta “yangilaniş” böldi. U asosan kanallar bilan boğliq.

Telegram’ning yangi versiyasida quyidagi özgarişlar mavjud:

- Ommaviy kanallardagi alohida postning havolasini köçirib oliş

- Ommaviy kanallarda “şovqinsiz” xabarlarni çiqariş (bu xabar haqida foydalanuvçilarga bildirgi bormaydi)

- Ommaviy kanaldagi xabarlarga administrator imzosini qöşiş

- Ommaviy kanalda çiqib bölgan postlarni qayta tahrirlaş

- Bot orqali kelgan xabarni boşqa ilovalar orqali bölişiş

- Stikerlarni yuborişdan oldin töliq ekran rejimida köriş

Avvalroq, Telegram asosçisi Pavel Durov messenjerning oylik faol foydalanuvçilari 100 mlndan oşganini ma'lum qilgan edi.