Toshiba kompaniyasi Yevropadagi kompyuterlar savdosini töxtatişi haqida ma'lum qildi. The Register naşri xabariga köra, kompaniya Yaponiya va AQŞdagi korporativ segmentni yanada kuçaytirmoqçi.

Dastlab OAVda Toshiba kompaniyasining şaxsiy kompyuterlar bozorini tark etişi haqida yozilgandi. Endi esa kompaniya Yevropa bozoridan çiqib ketişi haqida rasman ma'lum qildi.

Ammo Toshiba kompyuter bozoridan butkul ketişni rejalaştirmagan. Noutbuk va planşetlar savdosi, ma'lum qilinganidek, yapon va AQŞ bozorida davom etadi. Toshiba ötgan yilning dekabr oyida Rossiya bozorini tark qilgandi.

Digitimes naşri hatto Toshiba kompaniyasining Vaio hamda Fujitsu kompaniyalari bilan birga işlab çiqarişni yölga qöyişi haqida yozgan bölsa, «Kommersant'» naşri Toşiba`ning ortidan rus elektronika bozorini Sharp kompaniyasi ham tark etgani, Panasonic kompaniyasi esa arzon modellar işlab çiqariş va yetkazib berişdan voz keçgani haqida yozgandi.