Andijon viloyatida yaşovçi şaxs «Omad lotto» lotereyasida jyekpot sohibi böldi.
«2016 yilning 28 fevral kuni ötkazilgan «Omad lotto» lotereyasining 281-tirajida 286 446 440 sömdan iborat jyekpot yutib olindi», deyiladi lotereya saytida.
Yutuqli çipta sohibi 19, 9, 14, 1 va 17 raqamlarini aniq topgan. U 28 fevral kuni «Yoşlar» telekanalida efirga uzatilgan öyinda öynalgan jyekpot egasiga aylangan.
Uning şaxsi xavfsizlikni ta'minlaş uçun yaşirin qoldirilgan.
Yana 121 kişi 4 tadan raqamni aniq topib, ularning har biri 401 290 sömlik yutuqni qölga kiritgan.
Lotereyaning 6 mart kuni öynaladigan 282-tirajida jyekpot miqdori 74 720 240 söm qilib belgilangan.






