Pixar studiyasining töliq metrajli multfilmi "Boşqotirma" AQŞ kinoakademiyasining "Oskar" mukofotiga sazovor böldi.

Şuningdek, bu nominatsiya böyiça Britaniya va Fransiyaning "Qöziçoq Şon", Braziliyaning "Bolakay va dunyo", "Anomaliza" va "Marnining xotiralari" multiplikatsion filmlari taqdim qilingan edi.

AQŞ kinematografiya ilmi va san'ati böyiça mukofot 24 nominatsiya böyiça topşiriladi. Sovrindorlar qölida qiliç uşlab, kinoplenka ğaltagi ustida turgan Ritsar şaklidagi haykalçani qölga kiritişadi.