Pokiston şimoli-şarqiy viloyati Panjob gubernatori Salmon Tasir 2011 yilning yanvar oyida özining tansoqçilaridan biri tomonidan öldirilgan edi.

Qotil Mumtoz Qadriyga öşa yilning oktabr oyida ölim jazosiga mahkum qilingan. Oradan 4,5 yil muddat ötgaç, 2016 yil 29 fevral kuni hukm ijro etildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Qotil – sobiq politsiyaçi tergovçilarga Tasirni “Islom yölida” öldirganini ma'lum qilgan, uningça, gubernator Pokistonda amaldagi şakkoklik töğrisidagi qonunga oşkora qarşi çiqqan.

Şakkoklik töğrisidagi qonun 1980 yilning örtalarida, Pokiston hukumatida harbiy diktator Ziyo ul-Haq boşçilik qilgan davrda qabul qilingan.