20 mamlakat harbiylari Saudiya Arabistoni şimolidagi keng kölamli harbiy-öquv maşğulotlarida iştirok etmoqda.
Maşğulotlarda BAA, Iordaniya, Bahrayn, Senegal, Sudan, Kuvayt, Maldiv orollari, Misr, Malayziya, Qatar, Ummon, Jibuti, Komor orollari, Tunis, Çad, Pokiston, Marokaş va Mavritaniya vakillari qatnaşmoqda.
Quruqlikdagi, dengizdagi va havodagi harbiy qismlar iştirok etayotgan bu maşğulotlarga "Şimol yaşini" nomi berilgan.
Rasmiy Ar-Riyodning ma'lum qilişiça, bu maşğulotlardan maqsad iştirokçi davlatlarning "terroristik xurujlar"ga tayyor turişini ta'minlaş hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni ayni vaqtda Yamanda isyonçi husiylarga qarşi va Yaqin Şarq hududida IŞIDga qarşi xalqaro koalitsiyalarda iştirok etmoqda.






