Hollivud aktyori Arnold Şvartsenegger «Oskar» taqdimotida ğoliblar qatorida zikr etilmagan Silvestra Stalloneni öz tvitteri orqali yupatdi.

«Men uçun sen eng zörisan; Ular nima deganining ahamiyati yöq», – deya yozadi Şvartsenegger.

Stallone «Oskar» mukofotiga «Ikkinçi plandagi eng yaxşi aktyor» yönalişida, «Krid: Rokki avlodi» filmidagi iştiroki uçun da'vogarlik qilgandi. Ammo ğoliblik Mark Raylensga («Şpion köprigi») nasib etdi.

USA Today naşrining qayd etişiça, agar Stallone ğolib sifatida e'lon qilinganida, bu yilgi taqdimot marosimini tarixdagi eng yaxşilaridan biri sifatida tan oliş mumkin edi, lekin bunday bölmadi.

«Oskar — 2016»: Ğoliblarning töliq röyxati