Xitoyda 1,8 million işçi sanoatda ortiqça kuçlanişni qisqartiriş dasturini amalga oşiriş doirasida öz iş örinlaridan voz keçişga majbur böladilar.
“Ayni paytda toşkömir qazib oliş va pölat sanoati ortiqça kuçlanişning qisqartirilişi amalga oşiriladigan joylar röyxatining eng avvalida turibdi. Dastlabki prognozlarga köra, kömir sanoatida 1,3 million kişi, pölat sanoatida esa 500 ming kişi, umumiy hisobda 1,8 million kişi işidan böşatiladi”, - dedi Xitoy Xalq Respublikasi mehnat zahiralari va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri In Veymin 29 fevral kuni bölib ötgan matbuot-konferensiyasida.
Avvalroq Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri örinbosari Fan Fey 100 milliard yuan (15,3 milliard dollar) miqdoridagi jamğarma taşkil etilişi haqida ma'lum qilgan edi. Mablağning asosiy qismi kadrlar qisqarişidan aziyat çekkan xodimlarni işga joylaştirişga sarflanadi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Yanvar oyida "Tszintszi tsankao bao" naşri XXR ning markaziy iqtisodiy taşkilotlari mamlakatning oğir sanoati kuçlanişini pasaytiriş uçun har yili tahminan 100 milliard yuan (12,1 milliard dollar) mablağ sarflaşni rejalaştirganini ma'lum qilgan.







