Tomsk politexnika universiteti (TPU) matbuot xizmatining xabariga köra, korpusi 3D-printerda çop etilib yiğilgan va “Energiya” raketa-kosmik korporatsiyasiga (RKK) topşirilgan birinçi sun'iy yöldoş XKS (Xalqaro kosmik stansiya)dan kosmosga uçiriladi. 

RKK sun'iy yöldoşi oxirgi tekşiruvlarni ötib bölgaç, “Boyqönğir” kosmodromiga yuboriladi va 31 mart kuni "Progress MS-2" yuk kemasida XKSga olib çiqiladi.
Taxmin qilinişiça, kosmonavtlar sun'iy yöldoşni oçiq koinotga çiqiş jarayonida XKSning taşqi yuzasidan uçiriş rejalaştirilgan. Sun'iy yöldoş orbitasining balandligi 400 kilometrni taşkil qiladi.

TPUda yaratilgan qurilma nano sun'iy yöldoşlar (CubSat) turiga mansub bölib, uning ölçamlari 30x10x10 santimetrni taşkil etadi. Press-relizda ta'kidlanişiça, 3D-printerda çop etiş nano sun'iy yöldoşlarni ommaviy va osonroq işlab çiqarişda yordam beradi.

“TPU sun'iy yöldoşi yangi kosmik material texnologiyalari va bir qança oliy ta'lim muassasalarining natijalarini sinovdan ötkazişda yordam beradi”, - deyiladi matbuot bayonotida.