«Arsenal» «Lester»dan jazoirlik yarim himoyaçi Riyod Mahrezni sotib olişni rejalaştirgan. Bu haqda ESPN xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lum qilişiça, londonliklar yozgi transferlar vaqtida uşbu futbolçi uçun taklif bilan çiqişadi. Arsen Venger vakillari ança vaqtdan buyon uning öyinlarini kuzatib bormoqdaligi aytilgan.
Joriy mavsumda jazoirlik futbolçi Angliya çempionati doirasida 26 öyinda maydonga tuşib, 14ta gol urdi va 10ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning jamoa bilan amaldagi şartnomasi 2019 yilgaça tuzilgan.
Bundan oldinroq, «tulkilar» jamoasi murabbiyi Klaudio Raneri bu futbolçi boşqa jamoaga ketiş haqida öylayotgan bölsa, uni zaxiraga mixlab qöyişini aytgandi.
Raneri Mahrezni zaxiraga mixlab qöyişdan tap tortmasligini aytib ötdi






