«Oskar»ning bu yilgi taqdimotida «Eng yaxşi aktyor» nominatsiyasi böyiça ğolib deb topilgan Leonardo DiKaprio özining ilk haykalçasini restoranda unutib qoldirdi. Bu haqda TMZ portali xabar bergan.
Naşrda yozilişiça, DiKaprio uzoq yil kutişlardan keyin kelgan yutuğini Ago restoranida nişonlagan. U ziyofatdan çiqib, limuzinga minganida restoran xodimi haykalçani kötargan holda ortdan yetib kelgan. Şunda undan "buni özingiz bilan olib ketmaysizmi?" deya söragan.
Bunga javoban u haykalçasini restoran xodimlaridan biriga qöriqlaş uçun topşirgani haqida aytgan.
Eslatib ötamiz, Di Kaprio «Omon qolgan» filmidagi ijrosi uçun yilning eng yaxşi aktyori deb topilib, faoliyatida birinçi marta «Oskar» haykalçasi bilan taqdirlandi.
Di Kaprio nomi e'lon qilingaç, Twitter foydalanuvçilari bu haqda daqiqasiga 440 mingtadan tvit qoldira boşlagan. Şuningdek, uşbu jarayon haqida Facebook'da ham eng köp post qoldirilgan.






