Jyeneva avtosaloni oçilişi arafasida har yilgi an'anaviy "Yil avtomobili" tanloviga yakun yasaldi. Bu yilgi tanlov ğolibi yangi avloddagi Opel Astra xetçbeki böldi. Unga 309 ball berildi. Boş mukofot Opel markasining rahbari Karl-Tomas Noymanga topşirildi.
Qolgan örinlar quyidagiça taqsimlandi: 2-örin – Volvo XC90 yöltanlamasi (294 ball), 3-örin –Mazda MX-5 rodsteri (202 ball), 4-örin – Audi A4 oilasi (189 ball), 5-örin – Jaguar XE (163 ball), 6-örin – Skoda Superb (147 ball). Röyxatni yangi avloddagi BMW 7-Series sedani yakunladi (143 ball).
Yakuniy reytingda örinlar Yevropaning 22 ta davlatidan bölgan 58 jurnalistdan taşkil topgan hakamlar hay'ati ovoz berişi natijalariga köra taqsimlandi.
2015 yilda bu mukofotni 8-avloddagi Volkswagen Passat avtomobili egallagandi. 2-örin va 3-örinni mos ravişda Citroen C4 Cactus va Mercedes-Benz C-Class oilasi egallagan. 2014 yilda Peugeot 308 xetçbegi, 2013 yilda esa 7-avloddagi Volkswagen Golf Yevropada yilning eng yaxşi maşinasi deb topilgandi.






