Şu yilning yoz oylarida, Yevrosiyo kinosanoati uçun beriladigan sovrin taqdimoti bölişi rejalaştirilmoqda. Mazkur mukofot «Oskar» sovrini analogi bölişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Kinoşunoslar uyuşmasining raisi örinbosari Oleg Ivanov RIA "Novosti axborot" agentligiga xabar berdi.
«Sovrinning taqdimoti yoz oylarining birida bölib ötadi, öylaymanki u MMKF bilan birga ötkaziladi, lekin bu taqdirlaş marosimi emas, balki sovrinning e'lon qilinişi böladi», — deb aytib ötdi Ivanov. Uning sözlariga köra, taqdirlaş marosimi keyingi yil ötkaziladi.
Avvalroq Rossiya Kinoşunoslar uyuşmasining raisi, rejissyor Nikita Mixalkov Yevrosiyoning kinosanoati uçun «Oskar» kabi mukofotni joriy etiş taklifi bilan çiqqan edi. Rejissyorning bu fikriga Xitoy va Hindistonda ham katta qiziqiş bildirilgan.






