«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu maşğulot vaqtida öz jamoadoşlaridan keçirim söradi.

Madridliklarning duşanba kungi maşğuloti Ronalduning jamoadoşlaridan uzr söraşi orqali boşlangan.

Goal.com naşri ma'lumotiga köra, 30-yoşli bu futbolçi öz gaplarini matbuot orqali notöğri talqin qilişganini aytgan va özi jamoadoşlarini kamsitiş niyatida bölmaganini ta'kidlagan.

Öz navbatida madridlik futbolçilar matbuotdagi gaplarga e'tibor berişmaganini va Ronaldudan xafa bölişmaganini bildirişgan.

Kriştianu Ronaldu: Agar butun jamoa mening darajamda öynaganda, "Real" birinçi örinda ketayotgan bölardi