Carscoops naşri Aston Martin britan markasining yangi superkari Aston Martin DB11 modelining rasmiy suratlarini çop etdi. Bu yangi maşina Jyeneva avtosalonida namoyiş qilinadi. Kupe Aston Martin’ning turbonadduvli dvigatel bilan jihozlangan birinçi modeli böladi.
Suratlarga köra, yangi maşina josus Jyeyms Bond haqidagi yangi film – "Spektr" uçun maxsus yasalgan DB10 superkari uslubida bajarilgan.

Hozirça maşinaning intereri suratlari olinmagan. Model 5,2 litrli 12 silindrli, 600 ot kuçiga ega tvin-turbo dvigateli bilan jihozlanadi. Şuningdek, motorlar qatoriga Mercedes-Benz’ning 4 litrli 8 silindrli biturbo dvigateli ham kirişi mumkin.
Ikki eşikli model "Mersedes"ning elektronikasi va interer elementlarini oladi. Kompaniyalar 2013 yilda hamkorlik haqida kelişuv imzolaşgan.
Jyeneva avtosaloni 3-13 mart kunlari bölib ötadi. Aston Martin DB11 kupesi avtosalonning matbuot kuni – 1 martda namoyiş qilinişi kerak.








