Leonardo Di Kaprio — iste'dodli aktyor, turli-tuman obrazlarga kira oladi. Ijodiy faoliyatini 14 yoşida boşlagan aktyor megayulduzlar qatorida, uning ismi afişada tilga olinişi filmning kassadagi muvaffaqiyatini ta'minlaydi. 

11 noyabrda aktyor 40 yoşini nişonladi. Şu munosabat bilan Leonardo di Kaprioning uzoq orzu qilingan “Oskar”ga munosib filmlarini esga olamiz. 

 

“Gilbert Greypni nima qiynamoqda?”

Bu di Kaprioning ilk jiddiy işi. Aktyor unda Arni — 4 yoşida qotib qolgan 18 yoşli yigitni öynaydi. Filmda çindan ham ruhiy kasallikdan azob çekayotgan odam suratga tuşgandek tuyuladi. Di Kaprioning aktyorlik iste'dodi ilk bor aynan şu filmda namoyon bölgan. “Oskar” va “Oltin globus”ga nomzodlik fikrimizning isbotidir.  

 

“Plyaj”

Bu filmda di Kaprio erkin hayotni orzu qiladigan amerikalik Riçard ismli yigitni öynagan. U sarguzaşt istab, romantik Tailandga, qahramonning fikriça, yerdagi jannatga borib qoladi. Biroq heç bir sirli orol odamlarni zöravonlik, beşafqatlik, hasad, loqaydlikdan xalos qilmaydi. Di Kaprio bu yerda ham juda yaxşi öynagan. Muhabbati va kuraşi birdek kuçli. 

 

“Nyu-York tödasi”

“Töda”da di Kaprio ğazabnok qasoskor Amsterdam obrazida namoyon bölgan. Leonardo obrazga kirib, sevimli insondan ayriliş azobini, ösmirning axloqni tuzatiş maktabidagi holatini, qudratli kişilarga bölgan nafratini juda yaxşi körsatib bergan. 

 

“Tuta olsang, tut meni”

Stiven Spilbergning “Tuta olsang, tut meni” kriminal dramasidagi roli tufayli di Kaprio “Oltin globus”ga nomzod bölgan, biroq kinoakademiklar bunga parvo qilişmadi. Aktyor Frenk Ebigeyl — boylikka ega böliş uçun çek qoğozlari yordamida firibgarlik qiladigan qallob yigitni öynagan.