ITE Uzbekistan kompaniyasi Toşkentdagi "Özekspomarkaz" milliy körgazma majmuasidagi 2016 yilgi bahorgi mavsumni birdaniga uçta körgazma bilan boşlaydi. Bu yerda UzBuild 17-quriliş körgazmasi, Aqua-Therm Tashkent iqlim va suv ta'minoti qurilmalari 5-körgazmasi va MebelExpo Uzbekistan mebel va yoğoçga işlov beriş 13-körgazmasi bölib ötadi.

300 ta kompaniya 2-4 mart kunlari bölib ötadigan körgazmalarda iştirok etişini tasdiqladi. ITE Uzbekistan birinçi marta bu körgazmalarni alohida pavilonlarda ötkazadi.

UzBuild-2016 körgazmasi 19 ta davlatdan 140 ta kompaniya stendlarini birlaştiradi. Bundan taşqari, Germaniya, Italiya va BAA, şuningdek, Rossiyaning Kirov viloyatidagi kompaniyalarning jamoaviy guruhi milliy stendlarni namoyiş qiladilar.

Avvalgi yildagi körgazmaga 13-14 ming odam taşrif buyurgandi, taşkilotçilar bu yilgi körgazma yanada kattaroq qiziqiş uyğotişiga umid qilmoqdalar.

Aqua-Therm Tashkent körgazmasida 12 ta davlatdan 55 ta iştirokçi qatnaşadi.
MebelExpo Uzbekistan körgazmasida esa 15 ta davlatdan 90 dan köproq kompaniya, jumladan Özbekistondan 25 ta kompaniya iştirok etadi.

Şuningdek, bahorda va yozning ilk kunlari yana bir qator körgazmalar bölib ötadi:
"Oziq-ovqat sanoati — WorldFood Uzbekistan" 16-körgazmasi va "Qişloq xöjaligi — AgroWorld Uzbekistan" 11-körgazmasi (16-18 mart), «Soğliqni saqlaş — TIHE» (19-21 aprelya) 21-körgazmasi, "Energetika, energiyani tejaş, muqobil texnologiyalar, elektrotexnik qurilmalar, axborot-ölçaş texnikasi — Power Uzbekistan» 11-körgazmasi va «Özbekiston neft va gazi — OGU» (18-20 may) 20-körgazmasi hamda "Özbekiston infratuzilmasi / Farğona vodiysi — Uzbekistan Infrastructure / Ferghana Valley» 2-körgazmasi (1-3 iyun).