Amerika patentlar va savdo belgilarini röyxatdan ötkaziş byurosi Apple tomonidan taqdim etilgan yangi 54 ta patentni e'lon qildi. Ularning orasida “Egiluvçan elektron qurilmalar” nomli patent öz e'tiborini tortdi.

Aniq bir vaziyatda, korpusi va barça içki komponentlari egiluvçan, organik yoruğlik diodlaridan taşkil topgan OLED-displey va akkumulyatorli iPhone haqida gap ketmoqda. Patentda aytilişiça, bunday texnologiya iPhone, iPad, Apple Watch va boşqa taqib yuriluvçi qurilmalarga qöllanilişi mumkin.

Hujjatga köra, bunday qurilmalar egilişni seza olişi mumkin. Maxsus sensorlar egiliş kuçi va darajasini röyxatga oladi, şu orqali foydlanuvçi axborotlarni yangi usulda kiritişlari va boşqarişlari mumkin. Masalan, qurilmani aylantirilganda uning işlaş rejimini özgartiriş, uni öçirib, qayta yoqiş imkoniyati mavjud böladi.

Bundan taşqari, egiluvçan konstruksiya qurilma tuşib ketganda zarar kamroq olişni ta'minlab beradi.