Florida ştati Palm-Biç porti rahbariyati Amerikaning diqqatga sazovor joylaridan hisoblangan 1961 yili prezident Jon Kennedi uçun qurilgan sobiq bunkerni buzib taşlaşni rejalaştirmoqda.

“20 yildan buyon bizni haydamoqçi bölişadi”, - qaçonlardir maxfiy bölgan joyni ijaraga olib 1998 yildan buyon sayyohlar keladigan Palm-Biç Dengiz muzeyi nazoratçisi Entoni Millerning sözlarini The Boston Globe gazetasi e'lon qildi.

“Otel” sirli nomi bilan atalgan bunker AQŞ sohil xavfsizlik bazasi hududida portga tegişli Pinat orolida joylaşgan. Uning boşqaruvi uşbu diqqatga sazovor joydan moddiy foyda olişga qaratilgan har qanday urinişlarni qaytaradi. Ötgan yili portoviklarning fitnalari tufayli muzey 500 ming dollar miqdoridagi grantni ololmagan. Şuningdek, sobiq AQŞ sohil xavfsizlik bazasi hududida ötkazişga ruxsat berilgan nikoh marosimlarining soni 30 tadan 3 taga kamaytirilgan. Muzeyning bir yillik xarajati uçun zarur 200 ming dollarni işçilar sayyohlarga çipta sotiş va xayrixoh insonlarning ehsonlari evaziga topadilar.

2017 yilning oxirida bunker ijarisi töğrisidagi şartnoma muddati öz nihoyasiga yetadi. Port rahbariyati şartnomani uzaytirmoqçi emas.