Audi kompaniyasi Jyeneva avtosaloniga ixçam Q2 krossoverini olib keldi. Yangi avtomobil nemis markasining eng kiçik ölçamdagi yöltanlamasi böladi va Q3, Q5 va Q7 modellari oldidan örin oladi.
Audi Q2 modeli Volkswagen’ning MQB modul platformisida yaratilgan. Kossoverning uzunligi 4190 mm ni, ya'ni Audi Q3’nikidan 195 mm kamroqni taşkil qiladi. Maşinaning oğirligi 1205 kg ni taşkil qiladi. Maşinaning tubi bilan yöl qoplamasi orasidagi masofa 200 mm ni taşkil qiladi. Yukxona hajmi 405 litr (yoki orqa örindiq yiğilgan holatda 1050 litr).

Audi Q2’da asosiy dvigatel 116 ot kuçiga ega, 1 litrli 3 silindrli benzinli dvigatel böladi. Bundan taşqari, krossover uçun 1,4 litrli "turbotörtlik" hamda modelning top versiyasi uçun 190 ot kuçiga ega dvigatel taklif qilinadi.
Maşinaning dizelli dvigatellari qatori 116 ot kuçiga ega 1,6 litrli va 150 va 190 ot kuçiga ega 2 litrli dvigatellarni öz içiga oladi. Avtomobilning uzatmalar qutisi "mexanik" yoki "robot" şakldagi ikki ilaşişli Sitronic’dan iborat.
Krossover adaptiv kruiz-kontrol, "ölik" hududlar, qatorlar böyiça harakatlanişni kuzatiş va yöl belgilarini taniş tizimi bilan jihozlanadi. Bundan taşqari, Q2 avtomatik ravişda parallel va perpendikulyar parkovka qiliş va avtoturargohdan mustaqil ravişda çiqişni amalga oşira oladi.

Bazaviy krossover oldi ğildiraklari tortuvçi holda taklif qilinadi. Maşinaning 2 litrli dvigatelga ega qimmatbaho versiyalari töliq privod tizimini oladi.
Bundan taşqari, yöltanlamasni qayta sozlangan sport podveskasi va yöl qoplamasi bilan maşinaning tubi örtasidagi oraliq 10 mm kamroqni taşkil qilgan variantiga buyurtma bersa böladi.
Optsiyalar sifatida maşinada raqamli asboblar panedi, proyeksiyalovçi displey, yöldoşli navigatsiya, Apple CarPlay va Android Auto interfeyslarini qöllab-quvvatlovçi MMI multimedia majmuasi bilan taklif qilinadi.
Audi Q2 Ingolştadtdagi korxonada yiğiladi. Krossover 2016 yil avgustida sotuvga çiqariladi.








