“Al-Qoida” terroristik tarmoği rahbari bölgan marhum Usama ben Laden özining köp millionli davlatining kattagina qismini radikal islomçilar qadriyatlarini tan olmaganganlarga qarşi butunjahon uruşini moliyalaştirişga sarflaşni vasiyat qilgan.

Şu mazmundagi ma'lumotlar mavjud bölgan “birinçi raqamli terrorist”ning şaxsiy hujjat va maktublaridan foydalaniş huquqini Reuters informatsion agentligi sotib olgan, deb xabar beradi TASS.

Bu dalillar 2011 yil Pokistonda Amerika maxsus xizmatining ben Ladenni yakson qiliş operatsiyasida qölga kiritilgan edi.

113 hujjatdan iborat uşbu arxivda Amerika maxfiy xizmati tomonidan vasiyat sifatida belgilangan maktub ham bölgan. Reuters bayonotiga köra, terrorist 29 million dollar atrofida baholangan davlatining aksar qismini “muqaddas uruş” olib boriş uçun yaqin qarindoşlariga vasiyat qilgan.

“Men umid qilamanki, mening akalarim va opalarim, şuningdek, xolalarim mening irodamni bajaradilar va men Sudanda qoldirgan pullarning hammasini Olloh yölidagi jihodga sarflaydilar”, - xatdan parça keltiradi agentlik. Maktubda marhumning onasi, öğli, qizi, toğasi va boşqa qarindoşlari örtasida bölinadigan Saudiya riali va oltin qiymatida aniq pul ölçovlari keltiriladi.