Lamborghini kompaniyasi Jyeneva avtosalonida yangi Centenario LP770-4 superkarini namoyiş qildi. Yangi maşina italyan markasi asosçisi Ferruçço Lamborginining 100 yillik tavalludi şarafiga qurildi. Model brend tarixida birinçi marta töliq boşqariluvçi şassi oldi.

Past tezliklarda maşinaning orqa ğildiraklari oldingi ğildiraklarga qarama-qarşi tomonga kiçik burçakka buriladi. Yuqori tezliklarda esa barça ğildiraklar bir tomonga buriladi. Birinçi holatda ğildiraklar bazasining virtual kamayişi amalga oşiriladi va bu manyovrlikni yaxşilaş va buriliş radiusini kamaytirişga imkon beradi.

Yangi model Lamborghini tomonidan yaratilgan eng kuçli dvigatel bilan jihozlandi. 13 silindrli, 6,5 litrli motor 770 ot kuçiga erişa oladi.

Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada, 300 km/soat tezlikka 23,5 soniyada erişadi. Maşinaning maksimal tezligi 350 km/soatni taşkil qiladi.

Maşina 100 km/coat tezlik bilan kelayotganda tormoz bosilgandan keyin töliq töxtaşi uçun 30 metr, 300 km/coat tezlikda esa 290 metr talab etiladi.

Model karbon monokok atrofida qurilgan. Karbondan, şuningdek, superkarning kuzov panellari işlangan. Kupe oğirligi 1520 kg ni, oğirlikning dvigatel quvvatiga nisbati bir ot kuçiga 1,97 kg ni taşkil qiladi.

Centenario uçun passiv (faralar yonidagi, ğildirak yoylari va ostonalardagi havo yönaltirgiçlar radiatorga havo berilişini optimallaştiradi) va aktiv aerodinamik elementlar işlab çiqildi. Misol uçun, orqa aksqanot harakatlaniş şaroitiga qarab 150 mm ga yuqoriga kötarilişi va egiliş burçagini 15 gradusga özgartirişi mumkin.

Hammasi bölib Lamborghini Centenario’dan 40 dona – 20 ta kupe va 20 rodster işlab çiqariladi. Modelning narxi soliq hisobga olinmaganda 1,75 mln yevrodan boşlanadi. Barça maşinalar avvaldanoq sotib bölindi.