Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya rahbariyati bilan öz kelajagi masalasini, ya'ni respublika rahbarligidan ketiş, söng örnini kim egallaşi masalasini muhokama qilmaganini aytdi. Bu haqda u «Interfaks» naşriga bergan intervyusida gapirib ötgan.
«Yöq, bu savol muhokama qilinmaydi. Bunday savollarni kötarib çiqişning öz qoidalari bor. Agar muhokama qilinsa ham, men bu haqda gapirmayman», — deydi Qodirov.
Şu bilan birgalikda u bu boradagi barça qaror mamlakat prezidenti Vladimir Putin tomonidan hal qilinişini qöşimça qilgan.
«Yana qaytaraman, bu xususidagi istalgan savol Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan hal qilinadi. Men esa oddiy piyodaman, qaçonki buyurişsa, «Xöp!» deymanu, buyruqni bajarişga kirişaman» — deya qöşimça qiladi Çeçeniston rahbari.
U Rossiya prezidentining istalgan buyruğini bajarişga tayyorligini eslatib ötgan.
Ramzan Qodirov Çeçeniston rahbarligi lavozimidan ketişga tayyorligini ma'lum qildi






