Amerikaning “Noyev kovçeg” jonivorlar boşpanasidagi şer, yölbars va ayiqning döstligi haqida OAV yana bong ura boşladi.
Döst tutingan “aka-uka” yirtqiçlarni Britaniyaning Daily Mail gazetasi eng ğaroyib oila deb atadi.

Amerika qora ayiği Balu, Afrika şeri Leo va Bengal yölbarsi Şerxon 15 yildan buyon birga, ular Jorjiyaning jonivorlar uçun boşpanasi "Noyev kovçeg”da istiqomat qilişadi.

2001 yil narkotikaga qarşi operatsiya paytida Atlantadagi uyning yertölasida tutib olinganda, jonivorlarning hammasi bir yoşga ham yetmagan edi. Öşa paytda “bolalar”ning ahvoli yomon bölgan. Hatto Balu jarrohlik amaliyotini boşidan keçirgan. Operatsiya paytidagi bu qisqa muddatli ayriliq Leo va Şerxon salbiy ta'sir etgan. Şundan buyon ular ajralişmagan.

“Noyeva kovçega” xodimlari ularni yovvoyi tabiatda yaşab ketişlariga işonmaganlari uçun ularni ozodlikka qöyib yubormaganlar.