Suriyada turli davlatlardan 33 nafar jurnalist artilleriya otişmasi ostida qoldi, deb xabar bermoqda RSN naşri.
Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov ma'lum qildi.
Uning aytişiça, jurnalistlar orasida Rossiya, Bolgariya, Gretsiya, Germaniya, AQŞ, Xitoy va Kanada davlatlari muxbirlari bölgan.
Köngilsiz voqea jurnalistlar yaraşuv haqida kelişuvni imzolagan va tinç aholi qaytayotgan aholi punktlariga taşrif buyurişganda sodir bölgan.
Avvalroq xorijiy jurnalistlar jabrlangan Lataqiyadagi artilleriya otişmasi Turkiya hududidan olib borilgani ma'lum qilingandi. Konaşenkovning aytişiça, umumiy hisobda 8 ta snayard otilgan, ular jurnalistlardan 150 metrdan 400 metrgaça uzoqlikda tuşgan.
Suriya armiyasi zobiti tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga köra, otişmani "Jibhad an-Nusra" jangarilari olib borgan.






