2 mart kuni Suxandon Rahmatilla Mirzayev fojiali tarzda olamdan ötganiga bir yil töldi. Şu munosabat bilan uning dösti va hamkasbi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yöldoşev uni xotirladi.
"Umr ötib borar misoli ertak... Kunlardan oylar sanab, oylardan yillar dastalab, mana, neça-neça yillarni ortda qoldiribman. Yil ötgan sari nimalaringdir köpayib, namalaringdir kamayib boraveradi. Topasan, yöqotasan. Erişasan, boy berasan. Yutasan, yutqazasan. Bu hayot qonuniyati. Bir qaraşda ortib ketganday körinsada, aslida bu aldamçi köriniş. Çunki hamma narsasi bisyor bölib ketgan odamning şunçalik ulkan yöqotişlari ham böladi. Men ham televideniyeda uzoq yillar işlab, qança narsaga erişgan bölsam, undan köp narsa yöqotgandurman. Sanab, hisoblab körmagandirmanu, lekin tarozuning pallasi töğri kelsa kerak. Mana şunday yöqotganlarimning biri hakida bugun xotirlamoqçi böldim.
Salkam qirq yil televideniye diktori bölib işlagan Rahmatilla Mirzayev kim edi? Rahmatilla Mirzayev Toşkentning "Qaşqar" mahallasida tuğilgan. Örta maktabdan söng öşa davrda "Toşkent teatr va rassomlik instituti" deb ataluvçi, bugungi kunda esa Toşkent madaniyat va san'at institutining aktyorlik bölimiga kirib öqigan. Institutning badiiy hayotida ham faol iştirok etgan. Mening bilişimça, u sobiq ittifoq miqyosida ötkaziladigan badiiy söz ustalari tanlovida ham iştirok etgan. Bu tanlovda men ham iştirok etganman va şuni aytişim mumkinki, yigirma kişilik guruhimizdan faqat ikki kişigina şu işga qöl urganmiz. Rahmatilla aka va men. Demak, bu iş hammaning ham qölidan kelavermas ekan. Ha, şunday. Rahmatilla Mirzayev ham tinib-tinçimas, yangiliklarga öç bölgan.
1976 yili u televideniyeda ötkazilgan diktorlar tanlovida iştirok etib, yuzlab nomzodlar içida ğoliblar qatorida işga qabul qilingan. Öşa davrlar mening yodimda bor. Mamlakat televideniyesi yuksalişga qarab ketayotgan, oddiy, stereotip körsatuvlar umri barham topib, yangi-yangi dasturlar dunyo yuzini köra boşlagan yillar edi. Bu körsatuvlarga boşlovçilik qiladigan diktorlar — suxandonlar esa, nihoyatda kamçilik edilar. Nisbatan yoşi katta uç-tört diktor safiga yoşgina Rahmatilla Mirzayev kirib kelişi bilan rejissyorlar tomonidan takliflar köpayib ketgani aniq. Özim ham u bilan oldinma-keyin televideniyega kelgan xodim sifatida bularni yaxşi eslayman. Töğri, u kelib, boşqa katta diktorlar işdan surilib qolgani yöq. Har kimning öz rizqi, nasibasi, hayotda özigagina tegişli örni bölganidek, ular ham ilgaridek işlab yuraverişdi. Lekin Rahmatilla Mirzayev juda tez elga tanila boşladi. Ikkita kanali bor bölgan televideniye tomoşabinlari har qança yangi diktor bölsa ham "yutib" yuboraveradigan zamonlar edi.
Avvalgi suxandonlarimiz — ustoz Öktam Jobirov, Davron Zunnunovlar radiodan taklif qilingan, yana qolganlari boşqa sohalarda işlab kelgan bölganlari uçun ham, institutda sahna nutqini puxta özlaştirgan, boşqa qoliplarga tuşib körmagan Mirzohid Rahimov, Farhod Bobojonov singari Rahmatilla Mirzayev ham çinakam teleboşlovçi sifatida şakllana boşladi. Ayniqsa, uning ikki tilda erkin işlay olişi öşa davrning asosiy talablaridan ediki, u suxandonga keng imkoniyatlar eşigini oçardi.
Uning muçali "ot" yili edi. Özi ham otyurak edi, desam, işonavering. Bu xislat, ayniqsa, yuzlab, minglab real va millionlab telekamera ortidagi virtual — ehtimoliy tomoşabinlar oldiga çiqib borganda namoyon böladi. U heç qaçon hayajonlanmasdi, yuragi hapriqmasdi. Eh-he, qançadan-qança körsatuvlarda yelkama-yelka işlaganmiz. Yonma-yon turganingizda har qanday odamdagi özgarişni sezib turasiz. Lekin men uning heçam hayajonga tuşganini körmaganman. Rahmatilla Mirzayevdagi bu xislat yaxşimidi-yomonmidi, töğrimidi yoki notöğrimidi, bilmadim. Bir qaraşda, hayajon kerakday. U ovozingga, talaffuzing ranginligiga, aytayotgan sözlaring jilosiga ijobiy ta'sir körsatadiganday. Lekin aslida hayajon, agar u me'yoridan ortiq bölsa, işga halal beradi. Sözlaringni esdan çiqara boşlaysan, qöllaringni, özingni qöyarga joy izlay boşlaysan. Bayram körsatuvlarida, sutkalab uzluksiz davom etadiga marafonlarda işlagan paytlarimda, menga yoqqan jihatlaridan biri şu edi.
Rahmatilla Mirzayevning ovozi tembri favqulodda yoqimli edi. "Axborot"da ham, qator boşqa körsatuvlarda ham eşituvçilarga ma'qul böladigan, "mikrofonbop" edi. Men suxandonlar guruhida turli yillarda işlagan biron-bir ovozi unçalik "öxşamagan" diktorni bilmayman. Hammasining ham ovozi köngildagiday edi. Lekin Rahmatilla Mirzayevning ovozi boşqaça edi. U ovoz bergan hujjatli kino-video filmlar juda körimli bölardi. Nazarimda uning özi ham, tele-radio rejissyorlar ham bu imkoniyatdan töla foydalanişmadi. Garçi, yuzlab filmlarda uning ovozi muhrlangan bölsa-da, bu, mening nazarimda, juda kam. Axir, birgina radioning özida qança ijod namunalarini "oltin fond"ga yozdirib taşlaş mumkin edi!
U juda kirişimli edi. Latifagöy, qiziq-qiziq voqealarga öç, kulguni, hazilni yaxşi körardi. Hozirjavob edi. Bu nimadan dalolat beradi? Öqimişli, dunyoqaraşli, fikrlay oladigan ekanligidan. Şunaqa, bilim qamrovi keng edi. Hammamiz ham kayfiyatimiz yaxşi bölsa, tilimiz ham biyron böladi. U ham şunday edi. Xuşçaqçaq paytlarida unga yetadigan hamsuhbat yöq edi. Hayqirib, yayrab kulardi. Bu nimaning belgisi? U oçiq odam edi. Birovlarga öxşab zimdan, pismiqlarça iş qilmasdi. Agar kimdandir norozi bölsa, öşa odam haqida jöyali biror gapi bölsa, öziga oçiq aytardi. Dangalçi edi, desa ham böladi.
Men uni tanigan paytimda yonida bölgan döstlari bilan sönggi paytlargaça ham aloqalari yaxşi edi. Ular qaysi soha egasi bölişidan qat'i nazar, bordi-keldilari uzilmagan edi. Tabiiyki, bu ham yaxşi fazilatlardan bölib, bu odamning fe'l-atvori özgarmas, subutliligidan dalolat beradi.
Yillar davomida odam özi istasa-istamasa özgaradi. Atrofimizdagi yaqin kişilarimizning özlari ham bu yölda bizga "qaraşib" yuborişadi. Kimlarnidir tuşuna olmay qiynalamiz. Kimlardir bizni tuşunmay qiynaladi. Öylagan rejalaring amalga oşa qolmaydi, işlar köngildagiday yeçim topmaydi. Bular yillar davomida tomçi-tomçi bölib yiğilib borib, sabr kosalarimizga baraka olib kiradi. Tez, jizzaki, qiziqqon va öjar bölib boramiz. Bir yarimta gapga xaridor odamga aylanamiz. Ammo ming afsuslar bölsinki, odamlar unaqamas. Bir yarimta gap gapirişni bilişmaydi. Bilganlari istaşmaydi. Seni bukib, ğijimlab, özlariga öxşatib olişga harakat qilişadi. Bilasizmi, nega "içib" ötirganlar boşqalarni ham içişga zörlayverişadi? "Içmasangiz xafa bölaman", "Meni hurmat qilmaysizmi?", "Onalarimiz uçun ham içmaysizmi?" singari yelim gaplari bilan sizga "öşa"ni içirsa, siz ham uning hamtovoğiga aylanasiz, u qilgan qiliqlarni qaytarasiz va oxir-oqibat uning illatlari körinmay qoladi. U şuni xohlaydi. Ja, sizga mehribonligidanmas. Bu aççiq haqiqat umr böyi biz bilan hamroh yuradi. Qaysi davraga kirmang, eng birinçi mana şunga röbaro‘ kelasiz.
Demoqçimanki, televideniye ham, oila ham, boringki, bizlar köp iştirok etadigan katta-katta davralar ham şundaylarga tölib yotibdi. Bir kuni, mana şunday qiziqqonligi öziga pand berib qoldi. Kimlarningdir aybi uçun, birovlar öz zimmasidagi işini vaqtida bajarib qöymagani uçun, Rahmatilla Mirzayev javob berişiga töğri keldi. Efirdagi kiçikkina — birov bilib, birov bilmay qolgan harakati uçun uç yil yaxşi körgan işidan çetlatib qöyildi. Aslida birlamçi xato uçun u javobgar emas edi. Biroq efir buni tuşunmadi.
Men uni qançalik bilsam, oilaparvar, deb bilardim. Çunki topgani oilasiga, qizi va öğliga atalgan edi. Eng avval, zamonaviy, yangi kvartiraga köçib ötişdi. Keyin uni katta ta'mirdan çiqardi. Maşinalik bölişdi. Va nihoyat, danğillatib uy ham qurişdi. Xalqda "Men qilaman öttiz —tangrim qilar tös-tös", degan maqol bor. Bizning emas, yaratganning xohişi bölarkan. Öttiz emas, ming urining, U yölingizni tösib qöysa, heç narsa qilolmaysiz. Nimadir öxşamagan, qaysidir möljal töğri olinmagan ekan şekilli, keyingi hayotlarida bir qança özgarişlar yuz berdi. Biz, oddiy odamlar, kezi kelganda nafaqat hamkasblarimizning, balki tuğişgan jigarlarimizning ham oilasidan nimalar ötayotganini bilolmaymiz. Eşitganimizda esa, keç bölgan böladi. Har qalay, Rahmatilla Mirzayev na menga va na diktorlar xonasidagi boşqa birovga oilasidan şikoyat qilganini eşitmaganman, guvoh bölmaganman.
Sönggi yillarda madaniyat kollejida yoşlarga mahoratdan dars berib, pedagoglik ham qilardi. Odam qanday tuğilsa, öşa — dunyoga kelişidagi fazilatlari baribir saqlanib qoladi. Bu xuddi kompyuter dasturlaşiga öxşab ketadi. Avvalboşda bizlarga "örnatilgan" fe'l-atvor, fazilat, qobiliyat özgarmay qolaveradi. Rahmatilla Mirzayev ham televideniyedagi iş, ham filmlarga ovoz beriş, ham turli tadbir va xizmatlardagi iştiroki ustiga yana öqituvçilik qilişga imkon topa olardi. Bu kasb oğirligidan ham çöçimaydi. Çunki "öqituvçi"likning özi bölmaydi. Uning ham öziga xos bir qança maşaqqatli yuki bor. Yuqorida aytganlarim uning "tinib-tinçimas"ligining belgisi. Menimça, u pulga muhtoj emas edi. Moliyaviy siqilganmasdi. Faqat böş qolişni, bekorçilik oğuşida mudrab yotişni öziga ravo körmaganidan şunday qilardi, deb öylayman va şu fikrim töğriligiga işonaman.
Rahmatilla Mirzayev televideniyeda işsiz qolib ketadiganlardan emas edi. Uni özining körsatuvi boşlovçisi bölişini istagan rejissyorlar köp edi. Ammo buni Rahmatilla Mirzayev ham istaşi kerak edi-da. Ba'zan qaysidir muharrir yoki rejissyor taklif qilgan körsatuvni rad etişga töğri kelardi. Çunki ularning şunçalar sayoz, yengil-yelpi tayyorlanayotganligi yaqqol körinib turadi. Özini hurmat qilgan suxandon esa, har qanday taklifga "uçib" ketavermasligi kerak, deb öylayman. Menimça, mana şu jihatlari tufayli ham u "Dildagi gaplar" deb nomlanuvçi turkum mualliflik körsatuvini tayyorlay boşladi. Aslida bu körsatuvni juda original, öxşaşi yöq deb bölmasa ham, telekörsatuvlar içida u öz örni va muxlislarini topa oldi. Elning sevimli san'atkorlari, közga köringan şaxslari iştirok etadigan bu körsatuv ommabop bölib qoldi. Bu ham uning şaxsi haqida nimadir desa kerak? Ha, u "tayyorga ayyor", "bersang yeyman, ursang ölaman"lar toifasidan emasligining isboti bu. Umuman, diktorlarning mualliflik körsatuvi tayyorlaşi ham yangilik emas edi. Nasiba Maqsudova, Farhod Bobojonovlar ham mana şunaqa faol edilar. Keyin men ham, Abdimömin Ötbosarov ham mana şu mualliflik körsatuvlari tayyorlaş jarayonida izlanganmiz. Öz körsatuvlarimizni topib olganmiz. Yoşi uluğligiga qaramasdan, keksa suxandonimiz Georgiy Irlin ham qalami çarxlangan jurnalist sifatida, umrining oxirigaça mualliflik körsatuvlari tayyorlab yurdi. Ammo Rahmatilla Mirzayev ham mana şu ijod zavqidan, yaratuvçilik mazasidan yiroq emasligida hamma gap.
Bugun uşbu badiada ilgari gapirgan gaplarim takror bölib qolişini xohlamasdim. Şuning uçun ham garçi öşa atrofda bölsa ham, yangiroq faktlar keltirişga harakat qilayapman. Rahmatilla Mirzayev dardingizni şunçaki eşitib ketaveradiganlardan emasdi. Biron yordam sörasangiz, narsasini ham, pulini ham ayamasdi, özi uçun olib qöygan tanişlarini ham sizdan qizğonmasdi. "Falonçi odamga uçraşsang, öşa aytgan narsangni topib beradi", "Yarmarkadagi pistonçi opangga mening nomimdan uçrasang, qidirganingni olib beradi", deb ne muammolarimni bitirişib yuborgan. Ming la'nat, fransuz atirigayam, yapon soyabonigayam! Öşa paytlarda bu matohlarni topiş — xotin topişdan ham muşkul iş edi. Hozir bularni gazeta kioskasidan ham söraşing mumkin. Odamlar umr böyi navbatda turib ololmagan avtomobilniku, bugun "xozmag"dayam sotişyapti. Ammo Rahmatilla Mirzayevning tanişlari menga öşa anqoning uruğidan ham noyob bölgan "Çyornaya Magiya", "Klima", "Joze" atirlarini öz narxiga olib berişardi. Har yili! "Çori" firmasining taxlama-buklama zontlarini olganda esa BAXT yöllanmasini yutib olganday quvonardik. Bunday qaraganda, men molparast odamlarga öxşab ketayotgandek körinsam-da — öşa paytlar boşida şunday savdolari bölgan odamlar bilişadi — bu çindan ham katta muammo edi! Ayollarning könglini köngildagiday oliş şularga boğliq edi.
Eh-ye-ye, eslayversang, xotirang qabatlaridan yangi-yangilari çiqib kelaveradi. Men bilgan, şu mavzuda suhbat qilgan neça odamlar Rahmatilla akaning yaxşi xislatlarini sanab, undan körgan yaxşiliklarini e'tirof etib berişdi. Ba'zilari mening xotiralarimga öxşaş, birovlariniki mutlaqo boşqaça. Lekin hammasida ham Rahmatilla Mirzayevning odamiylik suratiga yorqin çizgilar bor. Endi, bir odam dunyoga kelib, ulğayib, yaşab, döstu bola-çaqa orttirib şunçalik yaşar-da! Birovning böyniga osilib olmasa, özgalar hisobiga yaşamasa, yelsa, yugursa, elga xizmat qilsa, vatan bunyod qilsa... Şu-da, bitta umr.
Bugun rosa bir yil bölibdiki, Rahmatilla Mirzayev oramizda yöq. Ammo bu degani örni ham yöq degani emas. Döstlari, yaqinlari, hamkasblari va şogirdlari qalbida uning öçmas örni bor. Öşalar bor ekan, Rahmatilla Mirzayev ham safda bor.
Muslimbek Yöldoşev — Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, "TURON" Fanlar Akademiyasi akademigi.
Eslatib ötamiz, 2015 yilning 2 mart kuni Rahmatilla Mirzayev öz uyida jonsiz holda topildi.
U qotillik qurboni bölgan, bu işga uning öğli aloqador ekanligi aniqlangan.
7 avgust kuni mazkur jinoyat işi böyiça Q. Şoazizov va U. Mirzayevga nisbatan ayblov e'lon qilindi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi