Premerasiga 1 oy borligidanoq ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga aylangan, jiddiy muhokamalar mavzusi bölgan "Majnun" filmi çiptalari sotuvga çiqdi.

Öziga xos filmlari bilan şuhrat qozongan rejissyor Jahongir Ahmedovning uzoq vaqt davomida suratga olingan bu kinoasari 6 mart kuni Toşkent şahridagi Alişer Navoiy nomli kinosaroyda ilk bor namoyiş qilinadi.

Filmni 7 mart kunidan boşlab poytaxt kinoteatrlarida tomoşa qiliş mumkin.

Şu yilning yanvarida muxlislar tomonidan katta qiziqiş bilan kutib olingan "Baron" filmi rejissyori Rustam Sa'diyev bu filmning muvaffaqiyatga erişişiga işonç bildirgan.