Ölik dengizi suvining sathi şiddat bilan pasayib ketmoqda. Haaretz gazetasi maxsus tadqiqotida yozişiça, 1976 yil Ölik dengizi suvi yuzasi dunyo okeaniga nisbatan 398 metr pastroq bölgan, 2015 yilning dekabriga kelib bu körsatkiç 430 metrga yetdi.
Mutaxassislarning bahosiga köra, Ölik dengizining suvi yaqin 20 yil içida yana 25 metrga kamayişi mumkin. Oldini oliş çoralari körilmasa, 2050 yilga kelib Yer yuzidagi eng şör suv havzasi butunlay yöq bölib ketiş xavfi bor, deb xabar beradi TASS.
Bir yil avval Isroil va Iordaniya Qizil dengiz suvini çuçuklaştirib, tuzli qoldiqlarni qurib borayotgan Ölik dengiziga quyiş haqida kelişib olgan edilar.
Ölik dengizi sayyoramiznig eng past nuqtasi hisoblanadi. Uning janubiy çekkasi allaqaçon qisman qurib bitgan. Qurigan qismning örnida eni bir neça yuz metrli öziga xos töz töplamlari hosil bölgan.
Bundan taşqari, Ölik dengizining yana bir muammosi bor. Dengiz qirğoqlari böylab böşliqlar hosil bölgan. Bu infratuzilma, xususan yöllar va köpriklar uçun jiddiy xavf tuğdiradi.
Dengiz sathining pasayişi bilan böşliqlar hosil bölişi ham köpayib ketmoqda. 1996 yilda 220 ta böşliq qayd etilgan bölsa, 2006 yilda 1808 ta, ötgan yili – 5548 ta böşliq hisoblangan.







