Kuvaytda politsiyaçi kaltaklandi. Bu voqea aks etgan videoda tasvirlanişiça, kuçli kayf ta'siri ostida bölgan iordaniyalik odam tungi kiyimda maşina ustiga çiqib olib ğalati raqslar ijro etadi. Keyin sakrab tuşib öz xizmat maşinasi yonida turgan politsiyaçini besabab kalaka qila boşlaydi va tösatdan oyoği bilan boşiga zarba beradi. Politsiyaçi kutilmagan zarbadan yiqiladi, mast odam esa uni qattiq kaltaklaşda davom etadi.

Video tasvirda uni tartibga çaqirmoqçi bölgan odamlarni ham quvlab urmoqçi bölgani ham körinadi.

Mahalliy naşrlarda yozilişiça, erkak kuçli psixotrop moddalar ta'siri ostida bölgan. Qoçmoqçi bölgan zöravonni politsiya xodimlari va yölovçilar tutib olişgan.