Xonanda Tamila biroz avval ijtimoiy tarmoq hamda messenjerlarda tarqalgan video sabab tanqidlarga uçragan edi. Bu qilmişi uçun “Özbeknavo” Tamilaga tegişli litsenziyani muddatidan oldin bekor qilgan hamda u bilan işlagan “Maestro” prodyuserlik markazi ham xonanda bilan hamkorlikka çek qöygan edi.

Bahorning ilk kunlarida xonanda yana tilga tuşdi: ijtimoiy tarmoqlarda tez orada Tamila.uz saytida uning “Men bölmasam” deb nomlangan yangi qöşiği premera berilişi haqidagi banner “aylana boşladi”.

Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Qalampir.uz sayti Tamila faoliyat yuritgan “Maestro” kompaniyasining ma'muri bilan boğlandi. Ma'mur Tamilaning prodyuserlik markazi bilan hamkorlikni tiklagani va töyga ham çiqayotganini ma'lum qildi. Şuningdek, ma'mur xonandani töyga çaqiriş bahosi 1.500.000 sömni taşkil etişini ma'lum qildi.

“Bir qaraşda Tamila qilgan işlari uçun öz jazosini oldi dersiz. Yöq! Xulosa qilişga şoşilmang. Uning litsenziyasi böldi nima, bölmadi nima? Aytayotgan qöşiğini internet orqali tarqatsa, kafe va restoranlardagi onlayn TVlarda körinib tursa, uni töyga çaqirişsa... Hozirgi zamonning “san'atkor”i uçun şuning özi kifoya emasmi?

“Taxminimizça, Tamila yana prodyuseri bilan hamkorlikni boşlagan. Biroq buni OAVga ma'lum qilişning mavridi emas. Najot Agzamov eski hamkori bilan yana işlaş niyati bor ekan, şunça tomoşaning kimga keragi bor edi”, – deb yozadi Qalampir.uz.