Argentinalik sobiq futbol yulduzi Diyego Maradona «Real»ni boşqarişni istamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo naşri xabar tarqatgan.

Xabarda aytilişiça, u «Qirollik klubi»ni boşqariş orqali Lionel Messi boşçiligidagi «Barselona»ni ortda qoldirişni hamda Argentina futbolida birinçi raqamli şaxs ekanini isbotlamoqçi.

Agar «Real» Maradonani jamoa boşqaruviga olib kelsa, argentinalik mutaxassis «Barsa» hujumçisi Neymarni «qaymoqranglilar» safiga olib kelişga urinadi.

OAV hozirda «Real»ni boşqarayotgan Zidan kelasi mavsumda ham jamoa boş murabbiyligi lavozimida qolişiga şubha bildirmoqda.

Eslatib ötamiz, Diyego Maradona öz murabbiylik faoliyatida Argentinadagi «Mandiya» va «Rasing» (Avelyaneda) jamoalarida işlagan, keyin Argentina milliy terma jamoasini 2010 yilgi jahon çempionatiga olib borgan. Uning oxirgi jamoasi BAAning «Al-Vasl» jamoasi bölib turibdi.

Futbolçilik davrida, 1982 yildan 1984 yilgaça Maradona «Barselona» safida öynagan.