Bugun Mail.Ru Group`ga qaraşli maşhur ijtimoiy tarmoqlardan biri—«Odnoklássniki» (OK.ru) işga tuşirilganiga roppa-rosa 10 yil böldi.

Butun dunyo böylab maşhur saytlar reytingida 55-örinda turuvçi mazkur tarmoq faoliyati 2006 yilning 4 mart sanasida yölga qöyilgan. Loyiha muallifi Londonda istiqomat qiluvçi, telekommunikatsiya sohasida faoliyat olib boruvçi Albert Popkov. Dasturçi uni şunçaki xobbi sifatida işlab çiqqandi. Biroq, kutilmaganda, loyiha ommalaşib ketadi va 9 oyda 1,5 million foydalanuvçi a'zo böladi.

Tarmoq 13 ta til(rus, özbek, ingliz, ozarbayjon, arman,  gruzin, qozoq, qirğiz(beta), rumin(moldaviyaliklar uçun), rumin (ruminiyaliklar uçun), tojik (beta), turk (beta) va ukrain tili)da faoliyat yuritadi.

«Odnoklassniki»ning 2015 yildagi kunlik foydalanuvçilari 51 millionga yetdi. Röyxatdan ötgan umumiy foydalanuvçilar soni 2013 yilning 1 yanvarida 205 million nafardan oşdi.

Şu örinda yana bir muhim ma'lumot: www.kun.uz saytining www.odnoklassniki.ru tarmoğidagi rasmiy sahifasining öquvçilari soni qariyb 70 ming nafarga yetdi.