Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan OAV vakillari örtasida ötkazilgan sörov natijalariga köra, Özbekistonning 2015 yildagi eng yaxşi murabbiyi deb topildi. Bu haqda Özbekiston Futbol federatsiyasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Ötgan yilning iyun oyidan Özbekiston milliy terma jamoasiga boş murabbiylik qilayotgan Samvel Babayan mazkur sörovnomada, öz tarixida ilk bor Özbekiston Kubogini qölgan kiritgan Qarşining “Nasaf” klubi ustozi Röziqul Berdiv hamda Özbekiston U-20 yoşlar terma jamoasini Jahon çempionatida çorak finalga qadar olib çiqqan Ravşan Haydarovlarni ortda qoldirdi.
Ta'kidlaş joiz, Samvel Babayan murabbiyligida Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ-2018 hamda OK-2019 saralaşi doirasida jami 4 ta rasmiy uçraşuvda maydonga tuşdi va ularning barçasida ğalaba qozonib, yuz foizlik natija qayd etdi.
Yilning eng yaxşi murabbiyi sörovida kuçli uçlik quyidagiça köriniş oldi:
1. Samvel Babayan (Özbekiston milliy terma jamoasi) – 60 oçko
2. Röziqul Berdiyev («Nasaf», Özbekiston) – 44 oçko
3. Ravşan Haydarov (Özbekiston U-20 terma jamoasi) – 10 oçko






