3 mart kuni Detroyt şahrida bölib ötgan navbatdagi debat çoğida Donald Tramp Amerika Qöşma Ştatlari maxsus xizmat sobiq xodimi Edvard Snoudenni Amerikaga qaytariş lozim, degan fikrini ma'lum qildi.
"Snouden josus edi. Biz uni qaytarib olib kelişimiz kerak. Agar Rossiya Federatsiyasi Qöşma Ştatlarni hurmat qilganda edi, öşa zahoti uni bizga topşirişgan bölar edi”,- deb fikrini izohladi prezidentlikka da'vogar.
Edvard Snouden – siyosiy tahlilçi, milliy xavfsizlik böyiça AQŞ Agentligida faoliyat yuritgan. 2013 yili u AQŞ maxsus xizmatining elektron kuzatuv uslublari, jumladan, xorij rahbarlarining özaro suhbatlariga ham noqonuniy "quloq solişi" haqidagi ma'lumotlarni tarqatib yuborgan. Amerika hukumatining ta'qibidan saqlaniş uçun 20dan ortiq mamlakat, xususan Rossiyaga ham, boşpana sörab murojaat qilgan. 2014 yilning 1 avgust kuni Snouden Rossiya Federatsiyasida uç yil yaşaş huquqini oldi. Şundan buyon u Rossiya hududida istiqomat qilmoqda.
Snouden zimmasiga AQŞda josuslik qonunining ikki moddasini buzganlik aybi yuklangan. Har bir modda uçun uni 10 yilgaça qamoq jazosi kutmoqda.
Şuningdek, Donald Tramp noqonuniy muhojirlar borasidagi keskin qaraşlarini özgartirişi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarni bilvosita tasdiqladi.
Debat davomida u terrorizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan şaxslarni söroq qiliş paytida qattiqqöllik qiliş, masalan, suvga böktiriş va undan ham badtarroq usullar qöllaş mumkin, deb hisoblaşini bildirdi.
“Agar men prezident bölib saylansam, AQŞ qurolli kuçlari menga böysunadi. Men ularga terroristlarning oila a'zolarini ham yöq qilişni buyuraman. IŞID begunoh odamlarning boşlarini oladi, ularni suvda çöktiradi. Biz haqiqiy hayvonlarga qarşi kuraşmoqdamiz. Men tabiatan boşqaruvçiman va şundayligimça qolaman. Harbiylar menga itoat etişadi”, - deya işonç bilan qöşimça qildi Tramp.







